Jamiyat | 13:10 / 25.07.2018
13116
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga mozaika kerakmi? Jamoatchilik kengashi so‘rovnoma o‘tkazdi

Foto: realt.onliner.by

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi Facebook`dagi sahifasida bino fasadlaridagi dekorativ pannolarni tiklash yuzasidan foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bundan 10 kuncha oldin kengash «Toshkentga mozaika kerakmi?» savoli bilan murojaat qilgandi.

Tarmoqning 2 mingga yaqin foydalanuvchisidan 92 foizi mazkur savolga «Ha» deb javob bergan bo‘lsa, 8 foiz ishtirokchi Toshkentga mozaika kerak emas, degan fikrni bildirgan.

Jamoatchilik kengashi 22 iyul, shanba kuni poytaxtdagi ko‘p qavatli uylardan birining devoriga ishlangan mozaika restavratsiya qilinayotgani haqida xabar bergandi. Bu ishga akademik Borodina Marina Rostislavovna hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom va restavrator Taxtayev Ravshan Ramziddinovich ekspert sifatida jalb etilgani aytilgandi.

Mavzuga oid