Xiaomi «sof» Android’da ishlaydigan Mi A2 va Mi A2 Lite smartfonlarini namoyish qildi
Xiaomi kompaniyasi Ispaniyada Android One tizimida ishlaydigan Mi A2 va Mi A2 Lite smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi.
Mi A2 20 va 12 megapikselli qo‘sh kamera va 20 megapikselli old kamera bilan jihozlangan, ekrani 5,99 dyuym bo‘lib, Gorilla Glass bilan qoplangan. Smartfon Qualcomm Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, qurilmaning qalinligi 7,3 mm, tezkor xotirasi 4 yoki 6 GBni tashkil etadi.
Mi A2 Lite 5,84 dyuymli ekrani bilan farq qiladi, uning tomonlar mutanosibligi 19:9ga teng. Smartfon 20 va 5 megapikselli qo‘sh kamera, 5 megapikselli old kameraga ega, Qualcomm Snapdragon 625 protsessori o‘rnatilgan, 3 yoki 4 GB tezkor xotirali bo‘lib, akkumulyator sig‘imi 4000 mAsni tashkil etadi.
Mi A2 Ispaniya bozoriga quyidagi narxlarda chiqadi:
4 GB tezkor xotira + 32 GB qurilma xotirasi - 249 yevro, 4 GB + 64 GB - 279 yevro, 6 GB + 128 GB - 349 yevro.
Mi A2 narxlari quyidagicha bo‘ladi: 3 GB + 32 GB - 179 yevro, 4 GB + 64 GB - 229 yevro.
Smartfonlar jahonning 40 mamlakati bozoriga chiqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
20:58 / 04.09.2024
Google ishlab chiquvchilar uchun Android 15 tizimini chiqardi
21:55 / 28.03.2024
2,78 soniyada 100 km tezlik, kutilganidan arzon narx: Xiaomi ilk elektromobilini taqdim etdi
23:31 / 16.01.2024