BMT byudjyet defitsitini boshdan kechirmoqda
Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotning moliyaviy ahvoli yomonlashib borayotgani yuzasidan barcha xodimlarini ogohlantirdi.
Reuters tanishib chiqqan xatda, Bosh kotib tashkilotga a'zo davlatlarni imkon qadar tezkorlik bilan BMT oldidagi moliyaviy majburiyatini bajarishga chaqirgan.
Ma'lum qilinishicha, BMT ayni paytda 139 million dollar byudjyet defitsitini boshdan kechirmoqda va «yuzaga kelgan vaziyat yil boshida paydo bo‘lmagan».
Rasmiy xabarga ko‘ra, tashkilot byudjyetini shakllantirishda ishtirok etuvchi 193ta a'zo davlatlardan faqat 112tasi o‘z majburiyatini bajargan. BMT xarajatlarining 22 foizini qoplab beradigan AQSh esa byudjyet davrini vaj qilib ko‘rsatib, to‘lovlarni keyinroq bajarishini bildirmoqda.
Mavzuga oid
19:18 / 18.10.2024
“Budjet defitsiti kabi fundamental xatarlar muhimroq” - Behzod Hamroyev inflatsiya haqida
10:30 / 17.10.2024
Eron BMTni Isroilning mintaqadagi tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi
14:40 / 15.10.2024
GFR va yana uch davlat Livandagi BMT askarlariga tahdidni qoraladi
18:53 / 11.10.2024