Jahon | 09:00 / 27.07.2018
13429
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayolning buyragidan 3 mingta tosh chiqarib olindi

Photo: Stephan Savoia / AP

Xitoylik shifokorlar mahalliy ayolning buyragidan deyarli 3 mingta tosh chiqarib olishdi. Toshlar infeksiya sababli hosil bo‘lgan. Infektsiyaning tarqalishiga esa ayoldagi qand kasalligi sabab bo‘lgan. Bu haqda Global Times nashri ma'lum qildi.

56 yoshli ayol shifoxonaga qorindagi og‘riq bilan murojaat qilgan.

Ta'kidlanishicha, shifokorlarga ayolning buyragidan olingan toshlarni sanashga bir soat talab qilingan. Natijada toshlar 2980 taligi aniqlangan. “Biz buni ko‘rganimizda hayratdan dong qotdik. Buyrak atrofiyasi xavfi bo‘lgan. Vaziyatni toshlarni chiqarib olish bilangina o‘nglash mumkin edi”, deb aytgan Chanchjou okrugi shifoxonasi mutaxassisi Mo Naysin.

Foto: Weibo

 

Mavzuga oid