O‘zbekiston | 16:28 / 27.07.2018
7525
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi

Foto: kazpravda.kz

2018 yilning 23-27 iyul kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston - Qozog‘iston muzokaralarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiyalar tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini kelishish davom ettirildi, birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi. Istiqbolda birgalikda o‘tkaziladigan dala tekshiruvlari Reja jadvali dastlabki loyihasi tayyorlandi.

Qayd etilishicha, muzokaralarning navbatdagi raundi O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid