Qozog‘iston ham elektron viza berish tartibini joriy etmoqchi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga elektron viza xizmatini taqdim etish ustida ishlamoqda.
«Kazinform» xabariga ko‘ra, elektron viza ayni paytda ish, sayyohlik yoki davolanish uchun Qozog‘istonga kelayotgan mehmonlarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, elektron viza egasi Olmaota yoki Ostona shahridagi xalqaro aeroportlarda ro‘yxatga qo‘yiladi.
«Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xorijiy fuqaroga Qozog‘istonga tashrif buyurishi uchun yuboriladigan taklifnoma, viza berish tartibi, uning mamlakatda bo‘lishi va chiqib ketish qoidalari soddalashtirilmoqda», deyiladi tashqi siyosiy mahkama axborotida.
Shu yilning iyul oyida O‘zbekistonga kirish elektron viza tartibi joriy qilingan bo‘lib, shunday vizani olish uchun murojaat qilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 23 iyul holatiga ko‘ra, ya'ni tizim ishga tushgan vaqtdan boshlab bir hafta ichida 1000 nafardan oshdi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024