NASA Marsdagi turar-joy loyihalari tanlovi g‘olibini e'lon qildi
NASA Marsda fazogirlar uchun turar-joy loyihalari bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qildi.
1-o‘rinni Arkanzasdan bo‘lgan jamoa egallagan. Bu jamoa loyihasiga ko‘ra, robotlar Marsda turar-joy qurish uchun zarur bo‘lgan resurslarni yig‘adi va shundan keyin uni 3D-printerlar yordamida barpo etish mumkin bo‘ladi. G‘oya mualliflarining ta'kidlashicha, bu texnologiya bino maydonini va shu bilan birga unda yashovchilar sonini oshirishga imkon beradi.
Eng yaxshi beshta loyiha mualliflari 100 ming dollar miqdoridagi mukofot jamg‘armasini o‘zaro bo‘lishib olishdi. Ularning ishlari NASA’ning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Tanlov 2014 yilda e'lon qilinib, unda butun dunyodan 18 ta jamoa ishtirok etgan. Tanlov tashkilotchilari ishtirokchilar insoniyatni yangi sayyoralarni zabt etishga yaqinlashtira olishlariga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
10:00 / 13.09.2024
Uchta yangi kottej sohiblari uchun super yangilik!
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024