O‘zbekiston | 00:11 / 29.07.2018
23152
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 7 sabab". Qozog‘istonlik blogerlar O‘zbekiston haqida video e'lon qildi

Youtube’dagi Alkettik sayyoh blogerlar kanalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rsatuv taqdim etildi.

“O‘zbekistonga borish uchun 7 sabab” deb nomlangan ko‘rsatuv mualliflari sayohatlarini Toshkent shahridan boshlashgan.

Ular ko‘rsatuvlarida tomoshabinlarni o‘zbek oshxonasi, Toshkent teleminorasi va metrosi hamda bozori bilan tanishtirishadi.

Mualliflar shuningdek, Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi tarixiy obidalar go‘zalligidan hayratlarini yashira olishmagan.
Ular O‘zbekistonda turizm sohasi jadal rivojlanayotganini e'tirof etishgan. 

Ko‘rsatuv “O‘zbekiston - Sharq madaniyati qalbiga yo‘l shu yerdan boshlanadi”, degan so‘zlar bilan yakunlanadi.