Jim O'Nil: «BRIKS faqat o‘sib boryapti»
BRIKS «otasi» Jim O'nil tashkilot kelajagi haqida ijobiy bashoratlarini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, bundan keyin ham BRIKS samaradorligi ortib boradi.
Sinxua muxbiri bilan suhbatlashgan O'Nil birinchilardan bo‘lib, 2001 yilda ushbu tashkilotni tuzish konsepsiyasini taqdim etgandi. Uning aytishicha, BRIKS a'zo davlatlari YaIM keyingi 10 yil davomida faqat o‘sib boradi. Shu munosabat bilan global boshqaruv institutlari BRIKSga ko‘proq huquq berishi mumkin.
Jim 2009 yil Rossiyada tashkil etilgan BRIKSning birinchi sammitidan so‘ng, unga a'zo davlatlar iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada kuchaytirganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Yohannesburgda BRIKS a'zo davlatlari rahbarlarining 10-sammiti bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Sammit yakuni bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi va unda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar aks ettirilgan.
Unda ishtirok etgan XXR raisi Si Tszinpinning aytishicha, Xitoy qay darajada kuchayishidan qat'i nazar boshqa rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Mavzuga oid
22:30 / 24.10.2024
Geosiyosiy xavotirlar muhokamasi: BRIKS sammitining bosh mavzulari nimalar bo‘ldi?
20:36 / 24.10.2024
Qozondagi BRICS sammiti Kreml uchun - G‘arbga signal. Blokning boshqa ishtirokchilari uchun-chi?
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024