Jahon | 22:05 / 30.07.2018
17445
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya prezidenti jahon chempionati finalidagi zont haqida gapirib berdi

Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich jahon chempionati finalidan so‘ng, yomg‘ir ostida qolganini sezmaganini aytib berdi.

«O‘sha paytda yomg‘irda qolganimning men uchun ahamiyati yo‘q, hayolim faqat futbolchilarda edi. Luka Modrichni ko‘rganimda yig‘lab yubordim. Uning ko‘zlarida alam borligini his qildim. U o‘yinni qayta o‘tkazib, kubokni qo‘lga kiritishga tayyor edi. Men uning uchun va jamoa uchun yig‘ladim» - dedi Grabar-Kitarovich.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati taqdirlash marosimida Moskvada kuchli yomg‘ir yog‘gan va FIFA prezidenti Janni Infantino, shuningdek, Rossiya, Fransiya va Xorvatiya yetakchilari Vladimir Putin, Emmanyuel Makron va Kolinda Grabar-Kitarovich yomg‘ir ostida qolgan, zont esa faqat Infantino va Putinga keltirilgandi. Makron va Grabar-Kitarovich esa futbolchilarni jala ostida taqdirlashgandi.

Mavzuga oid