Sport | 12:04 / 30.07.2018
7394
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich xet-trik qayd etib, MLS to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

Foto: Getty Images

«Los-Anjyeles Gelaksi» MLS doimiy chempionatida «Orlando Siti» ustidan g‘alaba qozondi. Kaliforniya shtatining Karson shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv gollarga boy tarzda kechib, 4:3 hisobida yakunlandi.

O‘yinda Zlatan Ibrahimovich het-trik qayd etib, mezbonlarning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ikkinchi bo‘lim boshida 36 yoshli shvetsiyalik futbolchi chap qanotdan Jovani dos Santos uzatgan to‘pini bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi.

Ko‘p o‘tmay, «Orlando» yana hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq 67-daqiqada yana Ibrahimovich hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. Bu vaziyatda u qarshi hujumni gol bilan yakunladi.

Oradan 4 daqiqa o‘tgach, Zlatan jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan aniq zarbasi bilan het-trik qayd etib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

MLS doimiy chempionatining hozirgi mavsumida 17 o‘yinda maydonga tushgan Ibrahimovichning hisobidagi gollari soni 15taga yetdi. To‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turgan «Atlanta Yunayted» vakili Jozef Martines hisobida 24ta gol bor.

Eng so‘nggi futbol yangiliklarni Tribuna.uz'ning Telegram-kanalida kuzatib boring.

Mavzuga oid