O‘zbekiston | 15:29 / 31.07.2018
4211
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponlar O‘zbekistonda telemeditsina va yo‘l qurilishi bo‘yicha loyihalarni taqdim etmoqda

Yaponiyalik professor Yoshiyuki Osamura O‘zbekistonda  «Globallashuv va telepatologiyaning yangi standartlari - O‘zbekiston-Yaponiya virtual Ipak yo‘li telemeditsinasi» loyihasini amaliyotga tatbiq etishni taklif qilmoqda.  Osamura bu haqda 31 iyul kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida tashkil etilgan biznes-forumda taqdimot o‘tkazgan. 

31 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkilotchiligida o‘zbek-yapon biznes forumi bo‘lib o‘tdi. «Yaponiya-O‘zbekiston Ipak yo‘li» jamg‘armasi tashqi savdo, investitsiya va infrastrukturalar bo‘yicha ishchi guruh raisi Mamoru Sekiyama boshchiligida Yaponiya delegatsiya biznes forumda ishtirok etib, turli istiqbolli loyihalar muhokama etildi. 

Shulardan bir professor Yoshiyuki Osamura taklif etayotgan telemeditsina loyihasidir. 

Bundan tashqari, «Sakai Heavy Industries» kompaniyasi maslahatchisi Koji Tanaka O‘zbekistona yo‘l qurilishi, xususan avtotrassa va magistrallarni yapon andozasida qurishni taklif etmoqda. 

«Marubeni Corporation», «Shimizu Corporation», «Japan Tobacco», «Kawasaki Heavy Industries», «Sakai Heavy Industries» kabi yetakchi yapon kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya 2 avgust kuni Samarqand viloyatiga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan. ​

Mavzuga oid