O‘zbekiston | 19:00 / 31.07.2018
15825
2 daqiqa o‘qiladi

Ertaga mobil aloqa kompaniyalarining xizmatlari to‘xtatilmaydi, terminallar ham ishlaydi

1 avgust kuni O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda mobil aloqa kompaniyalari «profilaktika ishlari» o‘tkazishmaydi va xizmatlar to‘xtatilmaydi. «Beeline» mobil aloqa operatori vakili «Kun.uz» muxbiriga ma'lum qilishicha, imtihonlar vaqtida mobil aloqa kompaniyalari odatdagi rejimda faoliyat ko‘rsatadi, shu kuni ham, undan keyingi kunlarda ham OTMlarga kirish imtihonlari ovozli aloqa va mobil internet faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.

O‘tgan yillarda test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ya'ni 1 avgustda barcha mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirib qo‘yar edi. Mobil internet o‘chishi esa terminallar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatardi.

Qayd etish kerakki, bu yildan imtihonlar 1 avgustdan 15 avgustgacha, har kuni ikki smenada (birinchi smena 9:00 dan 12:00 gacha, ikkinchisi 15:00 dan 18:00 gacha) o‘tkaziladi va mobil internetni yarim oyga, ayni ish soatlarida o‘chirib qo‘yish — deyarli imkonsiz ishga aylandi.

Mavzuga oid