1 avgust kuni necha nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi?
1 avgust kungi test sinovlarida 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Uning bildirishicha, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi.
Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlangan.
Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta'minlagan holda test materiallarini qayta ishlaydi.
Shu bilan birga, test sinovlarining 1-kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki test savollarining tashqariga chiqib ketganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli ma'lumotlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berildi.
Shuningdek, ayrim binolarda test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo‘yilgan monitorlardagi tasvirlarni uzilib qolish hollari axborot texnologiyalari sohasining malakali mutaxassislari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi va bunday holatlarga boshqa yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024