«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotida Toshkentga qo‘nish vaqtida tormoz berish tizimida nosozlik yuzaga keldi
Bugun Toshkent aeroportida kutilmagan favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tonggi soat 05:10da Istanbul-Toshkent muntazam qatnovi bo‘yicha uchib kelayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo‘nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast yetgan.
«Qo‘nish shtat rejimida amalga oshirildi. Tergov-surishtiruv ishlari olib bormoqda. Milliy aviakompaniya yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», - deyiladi MAK xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Urganch» xalqaro aeroporti hamon yopiq qolayotgani, muddat yana uzayishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:10
Toshkentda shifokor muolaja paytida mijoz ayolni o‘pib oldi
16:27
Toshkentda “tosh tagidan xazina topgan” xavfli retsividist yana uzoq yilga qamaldi
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
17:45 / 25.09.2024