O‘zbekiston | 22:30 / 02.08.2018
10824
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati xodimlari ham “ArMI-2018”da ishtirok etmoqda

Moskva oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtiga qarashli “Noginsk” poligonida “ArMI—2018” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Yo‘l patruli” musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bellashuvga start berildi. Ta'kidlash kerakki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ham Xalqaro armiya o‘yinlarining mazkur yo‘nalishida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. O‘tgan yilda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad harbiy politsiya yo‘nalishida harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasini oshirish va harbiy avtotransport vositalaridan foydalangan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashdan iborat. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshlig‘i podpolkovnik Bahodir Annayev mazkur tanlovda guruh rahbari sifatida ishtirok etmoqda.

Tanlovning ochilish marosimi yakunida tomoshabinlar e'tiboriga harbiy avtomobillar inspeksiyasi guruhi tomonidan “avtomobil valsi” hamda “gumanitar kolonnaga hujum qilgan terrorchilar xavfini bartaraf etish” nomli ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Mutaxassislar bellashuvi” va “Harbiy-texnik estafeta” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa 5 avgustga qadar davom etadi.

Mavzuga oid