O‘zbekiston | 14:46 / 03.08.2018
6072
3 daqiqa o‘qiladi

«Gazprombank» O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda 

Aleksey Chichkanov/Foto: Kommersant'

Rossiyaning «Gazprombank»i O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda kompaniyaning birinchi vitse-prezidenti Aleksey Chichkanov «'»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap investitsiya bankining klassik biznesi haqida ketmoqda:

«Biz loyihaga sarmoya kiritish haqida qaror qabul qilganimizda, bunda juda ko‘p obektiv xatarlar mavjud bo‘ladi, bu moliyalashtirish xarajatlarining ortishiga olib keladi. Biroq, loyiha rivojlanishning muhim bosqichlaridan o‘tdi, masalan, ikkita tramvay liniyasidan bitta qurildi, hamda loyiha yo‘l haqi uchun to‘lovlar hisobidan daromad keltirishni boshladi. Bunda bu kreditlarning qaytarilmasligi bo‘yicha xavf sezilarli darajada kamayadi», - dedi Chichkanov. 

Bank vitse-prezidentining ta'kidlashicha, bunday loyiha bo‘yicha qarz obligatsiya zayomiga aylantirilishi va odatda professional bo‘lmagan sarmoyadorlarga ancha past stavkada sotib olishni taklif qilinishi mumkin. Bu ushbu shartnoma bilan boshqa muhim loyihalarga sarmoya kiritib, ham pul topish, ham ularni bu shartnomadan muddatidan ilgari chiqarib olish imkonini beradi.

«Bu, darvoqe, loyihaning o‘ziga ham ijobiy ta'sir qiladi - uning qoplanish muddati yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmida», - deydi Chichkanov. 

Kompaniya bu yil investorlar tomonidan yaxshi qabul qilingan birinchi infratuzilmaviy obligatsiyalarni chiqardi - xuddi shunday sxemada Rossiya okruglaridan birida bolalar bog‘chalarini qurish uchun loyihaga jalb etildi.

«Bog‘chalar qurilib, foydalanishga topshirildi va byudjyet kontsession shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni boshlab, qurilish xarajatlarini qoplamoqda. Obligatsiyalarni chiqarib va ularni loyihani amalga oshirishga aloqasi bo‘lmagan xorijiy sarmoyadorlarga sotib, loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida sarmoya yo‘naltira olmagan yangi investorlarni ushbu infratuzilma loyihasini moliyalashtirishga jalb qildik», - dedi Chichkanov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mintaqalar va hatto mamlakatlar ham bu loyihaning muvaffaqiyatiga qiziqishmoqda:

«Hozir biz O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurilishi bo‘yicha shunga o‘xshash loyiha ustida ishlamoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Chichkanov. 

Mavzuga oid