Sport | 20:55 / 03.08.2018
5532
1 daqiqa o‘qiladi

Morata «Chelsi»dagi raqamini o‘zgartirdi - nega?

«Chelsi» hujumchisi Alvaro Morata futbolkasidagi raqamini o‘zgartirdi.

Yangi mavsumdan boshlab, hujumchi 29-raqam ostida to‘p tepadi.

Gap shundaki, raqamining o‘zgarishi uning hayotidagi quvonchli voqea bilan bog‘liq. 29 iyul kuni ispaniyalikning turmush o‘rtog‘i Alessandro va Leonardo ismli egizaklarni dunyoga keltirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Morata avvalgi mavsumda 9-raqamda o‘ynagan edi.

Mavzuga oid