Toshni teshgan tomchilar: Dushmanni do‘st tut
Dushmandan g‘olib bo‘lishning eng oson yo‘li – uni do‘st tutish.
Ojiz fikrimizga suyanib, dushmanning bizga qilgan adovatiga adovat bilan javob qaytarsak, go‘yo o‘zimizni g‘olibdek tutamiz. Bu qisman to‘g‘ri. Ammo uning xo‘mraygan yuziga kulib boqishimiz bizga g‘oliblik hadya qilishidan xabardormizmi? Agar u chindan dushman bo‘lsa, tabassumimiz uning qalbiga nayzadek sanchiladi, kutgan narsasi yuz bermagani alam qiladi. Alamzadalik mag‘lublik nishonasidir. Ayni paytda bu holatni tomoshabin bo‘lib kuzatayotganlar uchun bizni tushunish tomon yo‘l ochiladi, xolis guvohlar biz tomon qadam bosadi, bizga qo‘shiladi. Demak son jihatidan dushmanimizdan ustunlikka erishamiz. G‘oliblikning shartlaridan biri esa sonning ko‘pligidir. Lekin g‘oliblik nashidasini chinakam totishning bundan ham osonroq va afzalroq yo‘li – dushmanimizni do‘st tutmoqligimiz. Dushmanni do‘st tutish, bamisoli ulkan chinor, unga bas kelish qiyin, uni yengish imkonsiz ish. Natijada, endi dushman uchun yagona to‘g‘ri yo‘l qoladi – do‘stlikka do‘stlik bilan javob qaytarish. Qarabsizki, bu bilan jaholatning payi qirqiladi, hatto qon to‘kilishining oldi olinadi.
Zahiriddin Mansur
Mavzuga oid
15:55 / 18.01.2021
O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi
16:19 / 04.05.2019
Eski do‘stlarni yo‘qotmaslik va yangi do‘stlar orttirish uchun nima qilish kerak?
21:29 / 01.04.2019
Nogironligi bo‘lgan 12 yoshli bola eng yaqin do‘sti yordamida olti yildan beri maktabga qatnab o‘qimoqda
19:10 / 10.12.2018