Kitob bizga nima beradi? (ijtimoiy videorolik)
Inson qalbi doim ma'rifatga muhtoj. Chunki hayot yo‘llarini zimiston qoplaganda, muammolar girdobiga qulaganda, ayriliqni boshdan kechirganda va shunga o‘xshash son-sanoqsiz g‘am-g‘ussalar yopirilganda odam bolasini ma'rifatgina saqlab qoladi. Ma'rifat qayerdan olinadi? Albatta, kitob mutolaasidan, mutolaa zavqidan.
Aynan mana shu mavzu yuzasidan tayyorlangan ijtimoiy rolikda kitob sotib olish, kitob mutolaasiga undash kabi ezgu da'vatni tinglash mumkin. Ushbu videorolikda turli yoshdagi, turli kasb egalari ishtirok etgan. Jumladan, unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ishtirokini ham kuzatish mumkin. Bu ham qaysidir ma'noda yoshlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘ylaymizki, mana shunday ijtimoiy roliklarda turli sohalarda faoliyat yurituvchi rahbarlarning ishtiroki uni tomosha qilgan oddiy fuqaroda ijobiy taassurot uyg‘otadi.
Mavzuga oid
14:40 / 31.08.2024
Rossiyada taqiqlanganlar reyestriga beshta kitob sayti kiritildi
18:10 / 28.08.2024
Samarqand viloyati hokimiga xitoylik maslahatchi tayinlandi
16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?
12:01 / 19.07.2024