O‘zbekiston | 20:08 / 06.08.2018
7731
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik ayol Shohimardonga boshqa odamning pasporti bilan o‘tmoqchi bo‘ldi

Foto: CA-NEWS

Qirg‘iziston fuqarosi Shohimardon anklaviga (O‘zbekiston) o‘zganing pasporti bilan o‘tishga urindi, deb xabar berdi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati.

«Ak-Kiya» nazorat o‘tkazish maskanida chegarachilar davlat chegarasini begona pasport bilan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatdi.

1985 yilda tug‘ilgan G.M. Shohimardon anklaviga o‘tayotib 1989 yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli pasportni ko‘rsatgan.

Surishtiruv vaqtida u qarindoshining pasporti bilan o‘tmoqchi bo‘lganini tan olgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng u hududiy IIV bo‘linmasiga topshirilgan.

Mavzuga oid