Medvedev nima uchun Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olganini aytdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev nima uchun Rossiya 2008 yilda, o‘zi prezidentlik lavozimida bo‘lgan paytida Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olganini tushuntirdi. Bu haqda siyosatchi «Kommersant'»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu qarorni qabul qilayotgan paytda, Kavkaz ortida barqarorlikni saqlab qolish va kelajak uchun mustahkam tinchlikka erishish haqida o‘ylagan.
«Rossiya eng asosiy narsaga erishdi - tinchlik. Biz fuqarolarimizni himoya qilishga muvaffaq bo‘ldik - Abxaziya va Janubiy Osetiyada yashovchi ko‘plab Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bor», - deya ma'lum qildi Medvedev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqada qabul qilingan qaror tufayli hozir «hamma narsa aniq», rasmiylarga esa fuqarolarning xavfsizligi haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Medvedevning ta'kidlashicha, bu masalada Rossiya yuqori siyosiy rahbariyatining pozitsiyasi, bahs-munozaralarga qaramay, yagona bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev 2008 yilgi voqealar paytida maqsad Saakashvilini qatl qilish bo‘lmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
14:00 / 16.11.2024
Gurjistonsiz 30 yil: Abxaziya va Janubiy Osetiya qanday yashamoqda?
11:20 / 16.11.2024
Abxaziya rasmiylari RF bilan bahsli investitsiya shartnomasini bekor qiladi
08:21 / 16.11.2024