AQSh koinotda RQM sensorli qatlamini joylashtirmoqchi
AQSh kosmik makonda raketalarga qarshi mudofaa (RQM) sensor qatlamini joylashtirmoqchi. Bu haqda Defense News raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha agentlik direktori Sem Grivzning Alabama shtati Xantsvill shahridagi kosmik mudofaa bo‘yicha anjumandagi bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Grivzning so‘zlariga ko‘ra, asosiy narsa shundaki, koinotda bunday sensorli datchiklarni joylashtirish «jiddiy ko‘rib chiqilmoqda» hamda bu borada aniq tushunish bor. Bundan tashqari, bunday sensorlar uchun talablar va ularni sotib olish jarayonini aniqlash kerak.
Alabama shtatidagi uchrashuv davomida Grivz koinotda raketalarga qarshi mudofaa sensor qatlami qanday ishlashi mumkinligi haqida o‘z tasavvurini taqdim etdi. Shu tariqa, sensorlar gipertovush tahdidlar va boshqa murakkab maqsadlarni aniqlashi hamda kuzatib borishi, shuningdek, raketalarni ko‘tarilish yoki parvoz bosqichida tutib olishi lozim.
Grivzning so‘zlariga ko‘ra, uning agentligi koinotda joylashtiriladigan raketalarga qarshi mudofaa uchun tutib oluvchi raketalarni ishlab chiqmoqchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agentlik Pentagon bilan muzokaralar olib bormoqda va bugungi kunda ushbu salohiyatni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.01.2025
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
10:31 / 11.01.2025
Mash’um avtohalokat – AQSh prezidenti Bayden hayotida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa tarixi
10:11 / 11.01.2025
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
23:05 / 10.01.2025