Xitoy davlat kengashi bosh vaziri BMT va JSTni isloh qilishga chaqirdi
XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi raisi Mariya Fernanda Espinosa Garses bilan uchrashuvda BMT va JST kabi xalqaro tashkilotlarni isloh qilishga chaqirdi.
"JST, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni isloh qilish zarur, ammo isloh qilish buzib tashlab hammasini boshidan boshlash degani emas, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘rnatilgan jahon tartibini saqlab qolish shartlari, BMT nizomi va erkin savdo tamoyillari asosida islohotlar o‘tkazish zarur", — dedi Li Ketsyan.
BMT Bosh Assambleyasi raisi o‘z navbatida "BMT qoidalar va o‘rnatilgan tamoyillarga asoslangan jahon tartibini saqlash uchun Xitoy va dunyoning boshqa barcha davlatlari bilan hamkorlikda ishlashga, xalqaro qonunchilik va JST qoidalari doirasida erkin savdoni rivojlantirish, barcha uchun manfaatli iqtisodiy globallashuvni ilgari surish, barcha tomonlar bilan birgalikda butun dunyoda tinchlik, barqarorlik, rivojlanish yo‘lida hamkorlik qilish maqsadida" ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid
17:30
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
22:50 / 26.09.2024