Jahon | 09:48 / 09.08.2018
8737
1 daqiqa o‘qiladi

Plyaj qumini uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan sayyoh 1000 yevrolik jarimaga tortildi

Foto: Pixabay

Italiyaning Sardiniya orolida karabinerlar plyaj qumini idishga to‘plab olgan sayyohni ming yevrolik jarimaga tortdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniyada doimiy ravishda istiqomat qiluvchi italiyalik uyiga plyaj qumi bilan to‘ldirilgan idishni suvenir sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan.

Sardiniyada plyajdagi qumni olib ketish o‘g‘irlikka tenglashtirilgan bo‘lib, buning uchun 500 yevrodan 3 ming yevrogacha jarima qo‘llaniladi. Orol ma'muriyatining fikricha, bunday o‘ziga xos an'analar Sardiniya ekologiyasiga zarar yetkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari uchun Koreyaning Chejudo oroliga vizasiz kirish to‘xtatilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid