Qarishning asosiy mexanizmi aniqlandi
Lankaster universiteti, London Universiteti kolleji va Kvin Meri Kolleji olimlarining aniqlashicha, qurtlarda qarish organizmning charchagani sababli emas, balki salbiy genlarning ishlashi tufayli yuz beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu mexanizm odamlarda ham bor. Bu haqda EurekAlert! xabar bermoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yosh rivojlanayotgan organizm uchun norma bo‘lgan biologik jarayonlar, nisbatan keksa yoshda rivojlanib, organizmning gomeostazasini buzadi. Natijada dementsiya, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kabi xastaliklar yuzaga keladi.
Olimlar laborator shtammlari 2-3 hafta davomida yashaydigan Caenorhabditis elegans nematodlarida qarish belgilarini tahlil qildilar. Ma'lum bo‘lishicha, asosiy o‘rinni hujayra o‘z tarkibiy qismlarini qayta ishlaydigan autofagiya jarayonida ishtirok etuvchi oqsillarni kodlovchi genlar egallaydi. Bildirilishicha, nisbatan keksa yoshda autofagiya oshqozon ichagi holatining jiddiy yomonlashuvi va o‘limga olib keladi.
Mavzuga oid
13:48 / 02.10.2024
Nima uchun Everest dunyodagi eng baland cho‘qqiga aylangan? Olimlar javob berdi
09:05 / 02.10.2024
Otalar o‘z farzandini hididan taniy olishi isbotlandi
11:43 / 01.10.2024
Olimlar og‘izdagi bakteriyalar bilan bosh va bo‘yin saratoni o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi
15:32 / 23.09.2024