O‘zbekiston | 00:02 / 10.08.2018
37761
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari tayinlandi

Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 

2013-2015 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a'zosi, 2017 yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.

Elbek Shukurov 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Mavzuga oid