Iqtisodiyot | 12:26 / 11.08.2018
9710
1 daqiqa o‘qiladi

7 oyda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi necha so‘mni tashkil etgani ma'lum 

Foto: UzA

2018 yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 85,5 trln so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 107,6% o‘sish sur'atini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ining ulushi 1,3%ni (2017 yil yanvar-iyul oylarida - 1,9%), o‘rta-yuqori texnologiyali - 28,0% (20,9%), o‘rta-quyi texnologiyali - 31,4 % (27,2%) va quyi texnologiyali - 39,3 % (50,0 %) tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotining o‘sishiga o‘rta-yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sezilarli hissa qo‘shgan holda 5,5% ko‘rsatkich bilan 2017 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 121,6%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotining o‘sishiga o‘rtaquyi texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarining qo‘shgan hissasi 1,2%ni tashkil etdi.

Mavzuga oid