Bermud uchburchagida "o‘zga sayyoraliklar kemasi"ni topishdi
Amerikalik tadqiqotchilar guruhi Karib dengizida g‘ayrioddiy jismni topishdi, ayrim tadqiqotchilar uni "o‘zga sayyoraliklar kemasi" deb hisoblamoqda, deb xabar berdi Daily Mail.
Karib dengizida cho‘kib ketgan kemalarni izlab topish bilan shug‘ullanuvchi Darrel Miklosh Bermud uchburchagi hududida korallar bilan qoplangan jismga duch keldi.
"Bunday narsani ilgari hech qachon ko‘rmaganman, — deydi Miklosh. — Qoyadan har birining kattaligi harbiy kema zambaragidek keladigan 15ta jism bo‘rtib chiqib turibdi. Ko‘plab cho‘kkan kemalarni ko‘rganman, ammo bu ularning hech biriga o‘xshamaydi".
U bilan birga ishlaydigan geofizikning aytishicha, topilmani qoplab olgan suvosti o‘tlarining yoshi bir necha yuz yilga teng. Olimlarning fikriga ko‘ra, kuchli magnit maydoni tufayli bu yerda hech narsa o‘smasligi kerak, ammo bu yerda buning aksini ko‘rish mumkin – korallar 100 kvadrat metrga yaqin maydonni qoplab olgan.
Mavzuga oid
19:50 / 08.11.2024
Janubiy Koreyada 129 tonnali baliqchilar kemasi cho‘kib ketdi: 12 kishi bedarak yo‘qoldi
11:40 / 08.10.2024
«Suzib yurgan megabomba»: Yevroittifoq RFdan yo‘lga chiqqan avariyaviy holatdagi kemani qabul qilishdan bosh tortdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
12:50 / 27.09.2024