Jahon | 08:57 / 13.08.2018
43408
2 daqiqa o‘qiladi

F-35’ning «yirtqich rejimi»dagi parvozi videoga olindi

Foto: Videodan kadr

Niderlandiya qirollik harbiy-havo kuchlarining beshinchi avloddagi F-35A Lightning II kam payqaluvchi qiruvchisi «yirtqich rejimida» parvozni amalga oshirdi. YouTube’da e'lon qilingan fotosuratchi Frenk Krebasning roligida samolyot tashqi pilonlarda to‘rtta GBU-12 lazerli nishonga olish boshqariluvchi aviatsiya bombasi va ikkita AIM-9 Sidewinder infraqizil nishonga olish tizimiga ega «havo-havo» boshqariluvchi raketasini olib o‘tgan.

Parvoz 2018 yil 26 iyulda Kaliforniyaning Serra-Nevada tog‘lari uzra amalga oshirilgan. Hozirda Niderlandiya qiruvchisi AQSh harbiy-havo kuchlarining Edvardsdagi bazasida joylashgan. Birinchi F-35A Lightning II 2019 yilning noyabr oyida AQShdan Niderlandiyaga yetkazib berilishi kerak. Umuman olganda, qirollik 27ta shunday qiruvchini olishni rejalashtirmoqda.

«Yirtqich rejimi» bilan jihozlanishda (boshqacha qilib aytgandi - «urushning uchinchi kuni»), qurol faqat samolyotning ichida joylashishi kerak bo‘lgan «ko‘rinmas rejim»dan («urushning birinchi kuni») farqli o‘laroq, qurolni joylashtirish qiruvchi tashqi tomonida amalga oshiriladi. Taxminlarga ko‘ra, harbiy ziddiyat keskinlashgani sari qiruvchi degradatsiyaga yuz tutadi, bu uning kam payqalishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, natijada samolyotni maksimal qurollar bilan jihozlash mumkin.

Mavzuga oid