Iqtisodiyot | 15:05 / 13.08.2018
9768
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yevro kursi 8888 so‘mgacha tushdi. Fevralda u deyarli 10 200 so‘m edi 

Foto: iStock

Markaziy bankning ma'lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda yevro kursi birinchi marta 9 ming so‘mdan pastga tushib ketdi.

14 avgustdan boshlab O‘zbekistonda Yevropa valyutasi kursi 8888,62 so‘mni tashkil etadi. Bu 2017 yil sentabr oyida valyutani erkinlashtirish boshlangandan buyon eng minimal ko‘rsatkichdir, o‘shanda yevro 9645 so‘m bo‘lgan edi.

O‘tgan hafta davomida so‘m yevroga nisbatan 114,03 so‘mga mustahkamlandi.

2017 yil dekabridan kurs tez sur'atlar bilan o‘sib bordi va 2018 yil fevralida maksimal 10 196 so‘mga yetdi, shundan so‘ng past tushishni boshladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon yevro birinchi marta 9000 so‘mga yaqinlashgandi.

Mavzuga oid