Light | 20:34 / 15.08.2018
8485
1 daqiqa o‘qiladi

Chilidagi «vulqon» mehmonxona

Chilidagi Uilo-Uilo biologik qo‘riqxonasida joylashgan Montana Magica Lodge mehmonxonasi ajoyib manzarasi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o‘ziga jalb etadi. U tashqaridan o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan va lava o‘rniga suv otuvchi vulqonni eslatadi.

Tashrif buyuruvchilar ichkariga osma ko‘prik orqali kirishadi, ayrim derazalardan esa Mocho-Choshu-Enko vulqoni ko‘rinib turadi. Ikki kishilik xonani bir sutkaga olish ikki yuz dollar atrofida turadi. Mehmonlarga yopiq basseyn, SPA va sog‘lomlashtirish markazlari, bepul Wi-Fi taklif etiladi.

Instagramga mehmonxona tasvirlangan ko‘plab suratlar joylashtirilgan.

Foto: Instagram /arlette_333
Foto: Instagram /leehj620
Foto: Instagram /slavanazdarvyletu
Foto: Instagram /mceciliaacunae
Foto: Instagram /laksmi_subadra
Foto: Instagram /luz.ronny
Foto: Instagram /travelwithpassion2018
Foto: Instagram /pattopoblete

 

Mavzuga oid