Jamiyat | 15:43 / 15.08.2018
76525
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda tarqalgan videodagi voqeaning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan 2 shaxs qidirilmoqda 

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasida («Bezorilik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidirilayotgani haqida ma'lum qildi.

Ular:

Olmazor tumanida yashovchi Jo‘rayev Shohrux Qobil o‘g‘li, 1991 yilda tug‘ilgan;

Jo‘rayev Shoxruh Qobil o‘g‘li

Shayxontohur tumanida yashovchi Nuritdinov Bekzod Paxritdinovich, 1987 yilda tug‘ilgan

Nuritdinov Bekzod Paxritdinovich

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar Internetda tarqalgan videodagi voqeaning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Ularning manzili haqida ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 yoki 272-98-39, 231-95-13, 362-51-14 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Bildirilishicha, Toshkent shahar IIBB qo‘ng‘iroq egasining shaxsi oshkor qilinmasligini kafolatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Spark» va «Jiguli»dagi shaxslar o‘rtasidagi hodisa bo‘yicha batafsil ma'lumot berilgandi. 

Mavzuga oid