Maktab o‘quvchisi Apple serverlarini buzib kirdi
Avstraliyalik o‘smir Apple serverlarini buzib kirib, u yerdan 90 gigabayt himoyalangan fayllarni yuklab oldi. Bu haqda Reuters Avstraliya OAVga asosan xabar berdi.
Yil davomida 16 yoshli maktab o‘quvchisi korporatsiya serverlariga bir necha bor ulangan. Apple xodimlari ruxsat etilmagan tarzda kirishga e'tibor qaratishdi va bu haqda FQBga xabar berishdi. Keyin ish Avstraliya federal politsiyasiga topshirildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘smirning kvartirasidan ikki dona noutbuk, mobil telefon va qattiq diskni topishdi, unda Apple serverlaridan yuklab olingan fayllar topildi. Barcha hujjatlar hacky hack hack nomli papkada bo‘lgan.
Politsiya xodimlarining ta'kidlashicha, jinoyatchi WhatsApp messenjerida o‘z faoliyati bilan maqtangan. Apple vakillari o‘z mijozlarining shaxsiy ma'lumotlariga zarar yetkazilmaganini kafolatladi.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
00:26 / 24.09.2024