Jahon | 10:53 / 18.08.2018
10661
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon hisoboti. Xitoy protest bildirdi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kanning ma'lum qilishicha, XXR Pentagon tomonidan Xitoy armiyasi haqidagi hisobot e'lon qilingani tufayli protest bildiradi. Bu haqda tashqi siyosat idorasi saytida xabar berildi.

«AQShning hisobotida haqiqiy faktlar hisobga olinmagan, Xitoyning mudofaa qurilishi bilan bog‘liq bema'ni mulohazalar bildirilgan», - deya aytib o‘tdi Lu Kan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ushbu hisobotning e'lon qilinishi munosabati bilan keskin protest bildiradi.

Shuningdek, uning qayd etishicha, Xitoyning harbiy siyosati faqat mudofaa xarakteriga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Pentagonning yangi hisobotidan g‘azabga kelgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid