Sport | 15:20 / 19.08.2018
7592
1 daqiqa o‘qiladi

Erkin kurash. O‘zbekistonning ikki vakili yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston erkin kurash jamoasining ikki vakili Osiyo o‘yinlarida yarim finalga yo‘l oldi.

74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Behzod Abdurahmonov chorak finalda eronlik Mustafo Husaynxoniga qarshi gilamga chiqdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi (2:2, 2:0).

Endi u yarim finalda final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik Yuhi Fujinamiga qarshi bahs o‘tkazadi.

O‘zbekistonning 97 kg vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov esa chorak finalda hindistonlik Xatri Mavsamni mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi - 8:0 (2:0, 6:0).

Magomed Ibragimov final ostonasida eronlik Alirizo Karimmashaniyga qarshi gilamga chiqadi.

Bundan avvalroq 86 kg vazn toifasida Rashid Qurbonov yaponiyalik Shirai Shotani mag‘lub etib (4:0), chorak finalga yo‘l olgandi. U chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Ordogol Uytumen bilan bahslashadi.

Mavzuga oid