Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi kutilmoqda
Turkmaniston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy turkman nashrlari xabar beradi.
«Sammitni yuqori darajada o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. «Avaza» milliy turistik zonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan sammit 24 avgust kuni o‘z ishini boshlaydi», deyiladi xabarlarda.
Shuningdek, sammit doirasida jamg‘armaning Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya, Suv xo‘jaligi ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiya ham ish olib borishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etgandi. Suhbatda Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni joriy yil avgust oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etishga taklif qilgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
16:23 / 28.10.2024