Mercedes-Benz Sprinter furgonini g‘ildirakli uyga aylantirishdi
Kaliforniyaning Lexani Motorcars kompaniyasi Mercedes-Benz Sprinter furgonini g‘ildirakli uyga aylantirdi. Loyiha LM-EXTV – «extreme terrain vehicle» (ekstremal yo‘l sharoitlari uchun avtomobil) deb nomlandi.
Lexani mazkur loyiha ustida bir yil davomida ish olib bordi. U 20 dyuymli quyma g‘ildirak disklari hamda 33 dyuymli «tishli» g‘ildiraklar bilan jihozlangan.
Mashina tomiga yorug‘lik diodli panellar bilan qoplangan yukxona va quyosh batareyasi o‘rnatilgan.
G‘ildirakli uyning ichi karbon va zamsh qoplamalar bilan qoplangan. Bu yerda ikkita divan, muzlatgich, 24 dyuymli Apple TV, Wi-Fi, DVD-pleyer, mikroto‘lqinli pechka, konditsioner tizimi va USB-portli uchta rozetka o‘rnatilgan.
Mashinaning narxi hozircha aytilmadi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023