Turkmaniston prezidenti sahroda avtoralliga tayyorgarlik ko‘rayotib qumga tiqilib qoldi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Amul-Xazar» rallisiga tayyorgarlik doirasida sahroda mashg‘ulot o‘tkazdi. Prezidentning sinov yurishi tasvirlangan videoyozuv «Xronika Turkmenistana» tomonidan e'lon qilindi.
TDX axborot agentligining bildirishicha, mashg‘ulot Qoraqum sahrosida o‘tkazilgan. Berdimuhamedov sahroda sinovdan o‘tkazgan ralli avtomobili prezidentning o‘zi tomonidan loyihalangan va yig‘ilgan.
Sinov vaqtida mashina qumga tiqilib qoldi, ammo Turkmaniston rahbari abjirlik bilan mashina g‘ildiraklari ostiga qurigan shox-shabbalardan tashlab, qum «changali»dan chiqa oldi va yo‘lida davom etdi.
«Amul-Xazar 2018» xalqaro avtorallisi 9-14 sentabr kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
Iyun oyida Turkmaniston prezidenti o‘z chizmalari asosida poyga mashinasini yig‘di, bir oy ilgari esa ralli avtomobillari poygasida qatnashib navbatdagi g‘alabasiga erishdi — u 2015 yil avgustda «Alfa-Romeo-2015» musobaqalarida g‘alaba qozongandi.
Mavzuga oid
10:26 / 18.09.2023
Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
21:33 / 18.03.2019
O‘zbekistonda ilk marta Nomad-Rally 2019 o‘tkaziladi
12:00 / 08.01.2019
Qoraqum cho‘lida barpo etilayotgan suv ombori Turkmaniston qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ishlatiladi
12:21 / 20.07.2017