Bosh prokuratura MAKning Bangkokdagi xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib yozilgan ariza haqida ma'lumot berdi
O‘zbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasi atroflicha o‘rganib chiqildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Fuqaro M.Subxanov o‘z arizasida 2018 yil 11 iyul kuni “Bangkok-Toshkent” yo‘nalishidagi reysga ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, uchib ketish zalida u aeroport ishchilari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Burixodjayevlar tomonidan to‘xtatilib, qo‘l yuki ruxsat etilgan me'yordan ortiqligi sababli qo‘shimcha to‘lov amalga oshirish lozimligini, aks holda uni reysdan qoldirishlikni aytishganligini, u majburan 100 AQSh dollari to‘laganligini, undan qo‘shimcha to‘lov undirilganidan norozi ekanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro M.Subxanovdan undirilgan qo‘shimcha to‘lov qonuniy undirilib, g‘aznaga kirim qilinganligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Burixodjayevlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi aniqlangan va bu haqida ariza muallifiga javob berilgan.
Mavzuga oid
08:18 / 26.12.2022
Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
20:16 / 16.02.2022
Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021