Eron o‘zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etdi
Tehronda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, unda eronlik harbiylar o‘zlarida ishlab chiqarilgan dastlabki qiruvchini taqdim etdilar. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Mudofaa sanoati kuni arafasida o‘tkazilgan marosimda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etdi.
Samolyot Kowsar deb ataldi. Qiruvchi turli xil qurollarni o‘zida olib yurishi mumkin. Undan aviatsiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyalarda foydalanish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, qiruvchi mudofaa sanoati sohasidagi mutaxassislarning «keng qamrovli tadqiqoti» yordamida ishlab chiqilgan. Shunga qaramay, agentlikning materialida samolyotning batafsil tavsifi keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh eronlik ikki josus ushlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:25
Eron paradda yangi raketa va dronlarni namoyish qildi
16:57 / 22.09.2024
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024