Moliya vazirining o‘rinbosari «O‘zstandart»ga bosh direktor etib tayinlandi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga bosh direktor tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.
Dilshod Ne'matovich Sattorov O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 20 avgust kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.
Dilshod Sattorov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachilik boshlig‘i - moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyining oxirlarida «O‘zstandart» bosh direktori Abduhamid Karimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.
Mavzuga oid
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
20:40 / 26.02.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga rahbar tayinlandi
11:04 / 18.01.2024
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
15:37 / 12.07.2021