Boshlandi. Credit Suisse rossiyaliklarning 5 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatdi
Credit Suisse banki Rossiya bilan aloqador bo‘lgan, umumiy qiymati taxminan 5 milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘ydi. Bu kredit tashkiloti AQSh sanksiyalari ostida qolmasligi uchun qilindi.
Bankdagi muzlatib qo‘yilgan hisob egalarining nomlari ochiqlangani yo‘q.
Aprel oyining boshida AQSh Moliya vazirligi qator rossiyalik yirik tadbirkorlar va ularning kompaniyalariga shaxsiy sanksiyalar qo‘lladi. Idoraning ogohlantirishicha, ushbu shaxslarning manfaatlari yo‘lida tranzaksiyalar o‘tkazuvchi AQSh norezidentlari ikkilamchi sanksiyalar obektiga aylanishi mumkin.
Iyun oyida Forbes Shveytsariya banklari sanksiyalar ostiga tushgan tadbirkor Viktor Vekselbergning hisoblarida taxminan bir milliard dollarni muzlatib qo‘ygani haqida yozgandi. Bundan oldin, u egalik qilgan «Renova» aktivlari bir yarim- ikki milliard dollargacha muzlatilgani ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik milliarderga sanksiya qo‘llamoqchi ekani, u O‘zbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:03 / 31.10.2024
AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
13:10 / 22.10.2024