Markaziy Osiyo davlatlari Turkmanistonda ekologiya va suvdan foydalanish masalalarini muhokama qilishdi
Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining sammiti (24 avgust) oldidan Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiyani muhofaza qiluvchi tashkilotlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqida bugun Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi axborot berdi.
Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyasi doirasida turli ekologik muammolar muhokama qilindi. Qatnashuvchilar mintaqaviy hamkorlikning institutsional, huquqiy bazasi va atrof-muhitni himoya qilishni kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Shunigdek, “Avaza” turistik zonasida Xalqaro koordinatsion suv xo‘jaligi komissiyaning (XKSXK) 74-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari – XKSXK a'zolari bu yilda Sirdaryo va Amudaryo havzalari bo‘ylab suv omborlari kaskadlari chegaralarini va ish rejimlarini joriy etish, Orol dengizi bo‘yida yashovchi aholiga yordam berish dasturini tayyorlashni muhokama qilishdi.
Ushbu dasturning maqsadlari suv bo‘yida istiqomat qiladigan aholi turmush tarzini yaxshilash, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, suv resurslaridan ratsional foydalanish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishdir.
Anjuman doirasida Markaziy Osiyoning mintaqaviy ekologik markazining “Smart Waters Project” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024