Milliy universitet dotsenti qo‘lga olindi. U o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6000 dollar so‘ragan
Shu yilning 7 avgust kuni fuqaro G.U. O‘zbekiston Respublikasi IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasiga murojaat qilib, unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlovchi D.X. ismli ayol G.U.ning kuyovini universitet sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni so‘raganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Demokratik davlat qurilish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlovchi D.X. fuqaro G.U.dan Olmazor tumanida joylashgan “Huvaydo” mebellar do‘koni oldida kelishilgan pulning 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida IIV tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:53 / 10.09.2024