Sport | 23:30 / 26.08.2018
7440
4 daqiqa o‘qiladi

APL. «Chelsi» va «Uotford» 100 foizlik natija qayd etmoqda

Foto: Premer Liga

Angliya Premer-Ligasining 3-turida bugun yana uch o‘yin o‘tkazildi.

«Chelsi» safarda «Nyukasl» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yinning asosiy voqealari so‘nggi daqiqalarda yuz berdi. 76-daqiqada Azar penaltidan hisobni ochdi. Biroq, oradan 7 daqiqa o‘tgach, Xoselu boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida, Yyedlin o‘z darvozasiga to‘p yo‘llab qo‘ydi.

Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 9 ochko bilan 2-o‘rinda, Mauritsio Sarri jamoasi faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam «Liverpul»dan ortda qolgan, «Nyukasl» esa 1 ochko bilan 16-o‘ringa tushib ketgan. 

«Uotford» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Pereyra va Xolebas gollariga Zaa bitta to‘p bilan javob qaytardi.

Ketma-ket 3 turda g‘alaba qozongan «Uotford» 9 ochko bilan 3-o‘rinda joylashgan, «Kristal Pelas» esa 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. 

 «Fulhem» «Byornli»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Londondagi «Kreyven Kottej» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin boshida «Fulhem»ning yangi futbolchisi Jan-Mishel Seri hisobni ochdi, ko‘p o‘tmay Jyeffri Hendrik hisobni tenglashtirdi, birinchi bo‘lim davomida Aleksandr Mitrovich dublni rasmiylashtirdi, bo‘lim oxirida Jyeyms Tarkovski hisobni qisqartirdi.

O‘yindagi yakuniy hisob mezbonlar hujumchisi Andre Shyurrle tomonidan o‘rnatildi - 4:2.

Bu g‘alaba «Fulhem» uchun mavsumdagi ilk g‘alaba bo‘ldi, jamoa 3 turdan keyin 3 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 12-o‘rinda joylashdi (5-7). «Byornli» esa faqat 1 ochko bilan 18-o‘rinda qolmoqda (3-7).

«Fulhem» keyingi turda, 1 sentabr kuni «Brayton» mehmoni bo‘ladi, «Brayton» esa 2 sentabr kuni o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.

Angliya chempionati
3-tur

Nyukasl – Chelsi 1:2 
Gollar: 0:1 – 76, penalti Azar, 1:1 – 83 Xoselu, 1:2 – 87, avtogol Yyedlin. 
Nyukasl – Dubravka, Sher (Muto, 79), Klark, Dammett, Fernandes, Diame, Merfi (Peres, 73), Ritchi, Ki Son Yon, Yyedlin, Rondon (Xoselu, 62).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 79), Jorjino, Pedro (Villian, 69), Kante, Azar, Morata (Jiru, 65).
Ogohlantirishlar: Kovachich (40), Sher (65), Fernandes (68), Ritchi (70).

Uotford – Kristal Pelas 2:1 
Gollar: 1:0 – 53 Pereyra, 2:0 – 71 Xolebas, 2:1 – 78 Zaa. 
Uotford – Foster, Ketkart, Xolebas, Yanmat, Kabasele, Xyuz, Kapu, Dukure, Pereyra, Dini, Grey (Sema, 73).
Kristal Pelas – Xennessi, Sako, van Anxolt, Uord, Kelli, Taunsend, Shlupp (Mayyer, 75), Makartur, Milivoyevich, Zaa, Benteke (Serlot, 85).
Ogohlantirishlar: Kapu (4), Zaa (7), Yanmat (37), Mayyer (80), Xolebas (84), Pereyra (86).

Fulhem – Byornli 4:2 (3:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Seri, 1:1 – 10 Xendrik, 2:1 – 36 Mitrovich, 3:1 – 38 Mitrovich, 3:2 – 41 Tarkovski, 4:2 – 83 Shyurrle.
Fulxem – Bettinelli, Odoi, Brayyen (Chembers, 72), Fosu-Mensa, Le Marshan, Seri, Makdonald, Kerni (Zambo-Angissa, 78), Shyurrle (Sessenon, 89), Vetto, Mitrovich.
Bernli – Hart, Mi, Uord (Barns, 66), Louton, Tarkovski, Vestvud, Kork, Xendrik, Lennon, Gudmundsson (Teylor, 19), Vud (Vouks, 66).
Ogohlantirishlar: Tarkovski (54), Shyurrle (59), Bettinelli (90).

Mavzuga oid