Tongda qahva ichish kerakmi?
Ko‘pchiligimiz uchun tong bir finjon qahva bilan boshlanishi aniq. Ichimlik uyg‘onish va tetiklanishga yordam beradi, deb hisoblanadi. Axir uyg‘ongandan keyin aynan shu narsa kerak-da. Biroq bu aslida ham shundaymi? Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.
Aslida, ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar uyg‘ongach, darhol qahva ichmaslik, uni soat o‘n ikkiga yaqin iste'mol qilgan ma'qul (tushlikdan keyin bo‘lsa yana yaxshi) degan fikrni qo‘llab-quvvatlashadi. Bu kortizol gormoni bilan bog‘liq.
Tungi uyqudan keyin uning qondagi miqdori yuqori. Kortizol – nafaqat zo‘riqish, balki sirkad suratlari gormoni hamdir. Aynan uning qondagi miqdori biz faol yoki uxlashni istashimizni belgilaydi. U faolligimizning tabiiy uyg‘otuvchisi sanaladi.
Kofein haqiqatan ham tetiklantiradi. Biroq agar qahvani erta tongda ichsak, qondagi «tetiklik gormoni» miqdori shusiz ham yuqori bo‘lgan bir paytda organizm kortizol sabab kuchning tabiiy oqimini ichimlik tufayli sun'iysiga almashtiradi.
Buning natijasi achinarli. Birinchidan, sizda tobelik rivojlanadi. Chunki tashqi stimulyatorga o‘rgangan organizm kamroq kortizol ishlab chiqaradi. O‘zingizni ko‘proq holsiz his etasiz. Natijada ko‘proq qahva ichishni istaysiz. Biroq bu ham samarali bo‘lmaydi. Chunki tez orada organizmingiz ilgarigi kabi qahva stimulyatoriga reaksiya qilmay qo‘yadi.
Demak, organizmda kortizol yuqori bo‘lgan vaqtni aniqlaymiz. Birinchi oraliq: soat 6 dan 10 gacha. Ikkinchi: 12 dan 14 gacha. Demak, qahva ichish uchun eng yaxshi vaqt: soat 10 dan 12 gacha va 14 dan 17 gacha. Soat 17 dan keyin qahva tungi uyquga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qahva - a'lo darajadagi tabiiy stimulyator. Shunga qaramay, bari o‘z o‘rnida bo‘lgani ma'qul. Bu ichimlikni juda ko‘p ichish (hatto tavsiya etilgan soatlarda ham) salomatlik uchun yaxshi bo‘lmaydi. Albatta, o‘sha zahoti kuch va tetiklikka ega bo‘lishingiz mumkin. Biroq bu tunda uxlolmay, uyqusizlikdan aziyat chekishga arziydimi?
Mavzuga oid
21:13 / 10.12.2024
Dunyoda qahva narxi rekord darajada qimmatlashdi
17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
17:01 / 18.11.2024