Sport | 15:10 / 29.08.2018
9299
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik 3 kurashchi yarim finalga chiqdi, yana 3ta medal naqd

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.

O‘zbekiston kurashchilar jamoasining bugungi bahslardagi 4 nafar vakilidan 3 nafari chorak finalda ishtirok etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova chorak finalda Xitoy Taypey vakili Li Vantinni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova ham chorak finalda Xitoy Taypey vakiliga qarshi gilamga chiqib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Endi Dildor Ro‘zmetova yarim finalda indoneziyalik Shifa Hasaniy Najmu bilan, Muxlisa Abdumalikova esa mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargal bilan bellashadi.

-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov esa chorak finalda tojikistonlik Akmal Murodovni mag‘lubiyat etib, yarim finalga o‘tdi. U final yo‘llanmasi uchun eronlik Ilyos Ali Akbariga qarshi gilamga chiqadi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik uch kurashchi Osiyo o‘yinlarida yana 3 medalni naqd qildi.

Mavzuga oid