Pensilvaniya bosh prokurori: Vatikan AQShda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik yuz berganini bilgan
Pensilvaniya shtati bosh prokurori Jon Shapironing ma'lum qilishicha, Vatikan shtatdagi bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida bilgan, sababi bu haqida yepiskoplar ma'lumot yuborgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Garchi Pensilvaniyadagi katolik yepiskoplar minglab bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik holatlari yuz berganini muntazam ravishda rad qilgan bo‘lsa-da, ular bu holatlarni yashirincha hujjatlarga rasmiylashtirgan va ko‘pincha ular haqida Vatikanga ma'lumot jo‘natishgan», - dedi Shapiro.
U Rim papasi Frantsisk yoki undan avvalgi rahbarlardan kimdir Qo‘shma Shtatlarda bolalar ustidan katolik ruhoniylarning jinsiy zo‘ravonligi haqida shaxsan bilgani bo‘yicha berilgan savolga javob qaytarmadi.
«Vatikan jinsiy zo‘ravonlik holati haqida aniq bilgani va uni yashirishda ishtirok etganiga oid aniq misollar bor», - dedi u.
Mavzuga oid
14:05 / 25.07.2024
Vatikan Ukrainani tinchlikka erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor
23:04 / 25.07.2021
Vatikan ilk bor dunyodagi mol-mulki haqidagi ma'lumotni oshkor qildi
14:45 / 28.04.2021
Zelenskiy Vatikanni Putin bilan uchrashish uchun eng yaxshi joy deb atadi
08:57 / 12.12.2019