Prezident: «Bizning kamchiligimiz - qishloq xo‘jaligida ilmni ishlatmaymiz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumanidagi «Yusupov G‘ofurjon fayz» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta rivojini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent viloyati fermerlari bilan muloqotda g‘o‘zani 60 santimetr oraliqda qo‘shqator ekish, agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish, suvdan tejab foydalanish, paxtani qayta ishlash masalalari haqida so‘z yuritildi.
«Bizning kamchiligimiz - qishloq xo‘jaligida ilmni ishlatmaymiz. Dunyo bozorida raqobat shafqatsiz. Unga munosib bo‘lish uchun avvalo ilm kerak. Yaxshi nav, yaxshi qarov, innovatsion texnologiyalar kerak. Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur» dedi prezident.
«Yusupov G‘ofurjon fayz» fermer xo‘jaligi joriy yilda 31 gektar maydonga g‘alla ekib, 71 sentnerdan oshirib hosil oldi. Bugungi kunda 47 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. Undan 35 sentnerdan ziyod hosil olish mo‘ljallanmoqda, deyiladi xabarda.
Fermer eksportchi tashkilotlarga mosh, loviya, ichki bozorga kartoshka va sabzi sotish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
«Qishloq xo‘jaligida klaster usuliga o‘tyapmiz, fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bugun biz sizlarga ko‘mak bersak, ertaga sizlar xalqimizga ko‘mak bo‘lasizlar» dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:14 / 21.06.2024